MAKTABGACHA SURDOPEDAGOGIKANING NAZARIY ASOSLARI

Authors

  • Nishonova Klara Muqimiy nomidagi Qo’qon Davlat Pedagogika Instituti “Maxsus pedagogika” kafedrasi o’qituvchisi

Abstract

Maktabgacha surdopedagogika sohasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar fanning rivojlanishiga, xususan ta'lim-tarbiya tizimini va mazmunini takomillashtirilishiga hizmat qiladi.Ilmiy tadqiqotlarda olimlar, pedagog va psixologlar, maktab o’qituvchilari, bolalar bog’chalarining defektologlari va tarbiyachilari, shuningdek kar va zaif eshituvchi bolalarga ta'lim-tarbiya berish amaliyoti bilan bevosita bog’liq bo’lgan mutaxassislar qatnashadilar.Maktabgacha surdopedagogika maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni o’rganish, ularga ta'lim-tarbiya berish borasida to’plangan nazariy va amaliy materiallarni tahlil qiladi va umumlashtiradi. Ta'lim-tarbiya jarayonining psixolog-pedagogik sharoitlarini o’rganish, pedagogik jarayonning qonuniyatlarini aniqlash, korreksion ishlarning samaradorligini bilish maqsadida turli metodlar: kuzatish, pedagogika eksperimenti, pedagogik tajribani o’rganish, xujjatlarni tahlil qilish, bolalar tayorlagan maxsulot va yozma ishlarini tahlil qilish, ilmiy-metodik manbaalarni o’rganish va xokazo metodlardan foydalanadi.

Downloads

Published

2022-07-12

Issue

Section

Articles